«Turon»ga xorijlik yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76

Bugun «Turon» klubi qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. Klub rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan yig'ilishda xorijlik mutaxassis Denis Bushuev jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
Denis Dmitrievich Bushuev Germaniya davlati fuqarosi, UEFA PRO litsenziyasiga ega. Mutaxassis bugunga qadar Rossiyaning “FK Veles“ (Moskva), «Lenigradets» (Sankt Peterburg), Germaniyaning «Myunxen 1860» klublarida murabbiylik faoliyatini olib borgan. 2018-2019 yillarda Rossiya U-17 terma jamoasi murabbiyi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, mazkur yig'ilishda Gennadiy Bondaruk klubimiz tizimida ish boshlagani ham ma'lum qilindi. Rossiyalik mutaxassis yangi bosh murabbiy Denis Bushuevga yaqindan yordam beradi.
Gennadiy Mixaylovich Bondaruk murabbiylik faoliyati davomida Rossiyaning «Jemchujina» (Sochi), «Dinamo» (Barnaul), «Leningrades» (Sankt Peterburg), «Veles» (Moskva) kabi klublarda ishlagan.
«Turon» matbuot xizmati

Bosh sahifaga
252