"Barselona" "Liverpul" himoyachisini o'z safida ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Barselona" yozgi transferni rejalashtirmoqda. Team Talk xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "Liverpul"ning asosiy himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldga qiziqib qolgan.
Manbaga ko'ra, "Barselona" "Liverpul"ning Chempionlar ligasining keyingi mavsumini o'tkazib yuborish ehtimoli borligidan unumli foydalanishga umid qilmoqda. Ular bunday vaziyatda Trentni arzonlashtirilgan narxda qo'lga kiritishlariga ishonishadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli Trent Aleksandr-Arnoldni 65 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225