Tarixiy video. Mirjalol Qosimovning “Liverpul” darvozasiga urgan golini ko'rganmisiz?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8463

O'zbek futboli deganda, albatta, ko'z oldimizga Mirjalol Qosimov keladi. Sababi, futbolchilik davrida ajoyib o'yinlari va gollari bilan muxlislar qalbidan joy olib bo'lgan. Hatto murabbiylik davridagi ayrim omadsizliklari ham uning obro'siga, muxlislarning unga bo'lgan mehriga ta'sir ko'rsata olmadi.
1995 yil. 12 sentyabr. UEFA kubogi. O'yinning 21-daqiqasi. "Alaniya" "Liverpul"ga qarshi. Jarima zarbasi belgilandi. Endi esa Mirjalol Qosimov Liverpul ga qarshi, tajribali posbon Devid Jeymsga qarshi. O'sha paytlarda bunday vaziyatlarda ko'pincha Qosimovning qo'li baland kelardi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Mirjalol jarima zarbasini shu qadar ajoyib amalga oshirdiki, "Liverpul" posboni hech narsa qila olmadi. Bu gol hamyurtimiz faoliyatidagi eng ajoyib va zalvorli gollardan biri bo'lib qolgani aniq. Quyida ana shu gol videosini tomosha qiling. VIDEO

Bosh sahifaga
334