Isko tufayli «Yuventus» ikki nafar futbolchisini sotib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28854
Turinning “Yuventus” klubi “Real” yarim himoyachisi Iskoni sotib olmoqchi deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabar berishicha, turinliklar ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun Miralem Pyanich va Sami Xedirani sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Isko “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Santyago Solari bilan munosabatlari yaxshi emas. Shuningdek, Iskoning xizmatiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum “Real” safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!