"Turon" Baxtiyor Ashurmatovni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

Turonning "Yaypan" klubi matbuot xizmati Baxtiyor Ashurmatovni iste'foga chiqqanini rasman e'lon qildi.
"Kuni kecha klubimiz rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor A'zamovich Ashurmatov o'zaro kelishuvga ko'ra iste'foga chiqarildi va u klub bilan do'stona ruhda xayrlashdi.
“Turon” futbol klubi iste'dodli mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan xolda unga kelgusida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qoladi" - deyiladi yaypanliklarning rasmiy bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334