«Real» murabbiyi «Bavariya»da ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38317
Myunxenning “Bavariya”klubi vitse-prezidenti Karl-Xaynts Rummenigge kelajakda sobiq futbolchi Xabi Alonsoni murabbiy lavozimiga olib kelishini aytdi.
“Umid qilaman, bir kun kelib Alonso “Bavariya”ga qaytadi. U ajoyib inson. Alonso maydonda general edi, uning gapini har bir futbolchi so'zsiz bajarar edi. Xavi chiroyli uzatmalarni amalga oshirishga usta va shuningdek tez fikrlay olar edi”, - deydi Rummenigge Kicker nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli mutaxassis “Bavariya”da 2014 yildan boshlab 2017 yilgacha o'ynadi. Hozirgi vaqtda, Alonso “Real”ning yoshlar jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!