Tokio Olimpiadasiga nechta davlatda yo'llanma borligini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 805
Mana, Tokio Olimpiadasi boshlanishiga ham 1 yil, 1 oy vaqt qoldi. Ayni paytga kelib, dunyoning barcha sportchilari ushbu Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish uchun bor kuch-g'ayratini ishga solgan. Ammo atletlar orasidan shunday omadlilari ham borki, ular Olimpiada yo'llanmasini allaqachon naqd qilib bo'lishgan.
Endilikda e'tiboringizga Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritgan terma jamoalar bo'yicha ma'lumotlarni havola qilib boramiz. Ayni paytga kelib, Tokio Olimpiadasiga 75 ta davlat sportchilarida yo'llanma bor (so'ngi yangilanish 22 iyun). Osiyo mamlakatlaridan esa 16 davlat sportchilarida Olimpiada litsenziyasi mavjud (mezbonlardan tashqari). Quvonarlisi, ular orasida yurtimiz nomi ham keltirib o'tilgan.
Eslatib o'tamiz, 2020 yili Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga terma jamoamiz qo'lga kiritgan litsenziyalari soni hozircha 2 tani tashkil etmoqda. Tennischimiz Denis Istomin va veloshosseda Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Shuningdek, o'q otish sportida Server Ibragimov XVI Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Terma jamoamiz vakillarining bu boradagi ko'rsatkichi kelasi yil 3 xonali raqamlarni zabt etishini tilab qolamiz. Zero, yo'llanma olish uchun hali oldinda roppa-rosa 1 yil vaqt bor.