«Siti» futbolchisi Braziliya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19527
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fernandino Braziliya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortdi deb xabar beradi El Espanol nashri.
Manbaning xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi “selesao” bosh murabbiyi Titedan vaqtinchalik tanaffus so'radi.
Futbolchi JCh-2018dan so'ng muxlislar tomonidan bosim ostida qolganini tushuntirdi. Eslatib o'tamiz, ishqibozlar mundialning 1/4 finalida Belgiyadan uchragan mag'lubiyat alamani Fernandinodan olishgan edi.
“Siti” futbolchisi Braziliyada 2011 yildan beri o'ynab keladi, shu vaqt ichida u 49 ta ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!