«Barselona» va «Inter» futbolchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 602
“Barselona” va “Inter” jamoalari transfer oynasida futbolchi almashishi mumkin, deya yozmoqda Sportmediaset.
Manbaning xabariga ko'ra, jamoalar Arturo Vidal hamda Raja Nainggolan rokirovkasini amalga oshirishi mumkin. Jamoalar to'liq sotib olish sharti bilan futbolchilarni almashishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Vidal o'tgan mavsum “Barselona” safida 53ta o'yinda 3ta gol urgan va 7ta golga assistentlik qilgan. Uning transfer narxi taxminan 15 million evroga baholanmoqda.
31 yoshli Nainggolan esa 36ta o'yinda 7ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan. Uning transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!