«Arsenal» «Borussiya» futbolchisi bilan kuchaymoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 682
“Arsenal” joriy transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Bu haqida France Football nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “kanonirlar” “Borussiya” himoyachisi Dan-Aksel Zagaduni sotib olmoqchi.
Futbolchining transfer narxi taxminan 28 million evroga baholanmoqda. Uning “arilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Zagadu o'tgan mavsum “Borussiya” safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!