Anchelotti: "Ayrim jamoalar hali ham bunga erisha olmayapti"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu mavsumda Ispaniya kubogini qo'lga kiritishga jiddiy yondashmoqda. Eslatib o'tamiz, yaqinda "qaymoqranglilar" yarim finalda "Barselona"ni mag'lub etib, turnir finaliga chiqdi.
"Agar Qirol kubogini yutib olsak, bu ikki mavsumda barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni qo'lga kiritganimizni anglatadi. Ayrim jamoalar hali ham bunga erisha olmayapti”, dedi Anchelotti EChL chorak finalida “Chelsi”ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Real Madrid" Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan edi. Ushbu mavsumda Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya kubogi finalida “Osasuna” bilan to'qnash kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216