"Barselona" "Negreyra ishi" bo'yicha matbuot anjumani o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Barselona" tashkillashtirgan "Negreyra ishi" bo'yicha matbuot anjumani kelasi hafta bo'lib o'tadi.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta 17 aprel kuni jurnalistlarning texnik hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidentiga to'lovlar bilan bog'liq ish bo'yicha savollariga javob beradi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" prokuraturasi klub va uning sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Roselga qarshi texnik hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Anrikes Negreyraga to'lovlar bo'yicha korruptsiya bo'lishi mumkin bo'lgan ish yuzasidan sudga murojaat qilgan edi. "Barsa" 2001 yildan 2018 yilgacha klubdan 7,3 million evro olgan Negreyra tomonidan tayyorlangan hakamlar hisoboti uchun pul to'laganini da'vo qildi.

Bosh sahifaga
214