Eron futbol federatsiyasi matbuot xizmati: «CAFA'ning barcha a'zolari Rossiyaning yozgi turnirda ishtirok etishiga rozi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

Eron futbol federatsiyasi matbuot xizmati rahbari Sport24 muxbiriga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi musobaqasida ishtirok etishiga barcha jamoalar rozi ekanini aytib o'tdi.
«Bizga ma'lum bo'lishicha, CAFA'ning barcha a'zolari — Eron, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Rossiya terma jamoasining yozgi musobaqada ishtirok etishiga rozilek berdi. Barcha ishtirokchi terma jamoalari ba'zi masalalarga oydinlik kiritib, rasmiy qog'ozlarga imzo chekishlari qoldi, xolos», — dedi Eron futbol federatsiyasi matbuot xizmati vakili.
Eslatib o'tamiz, CAFA chempionati 2023 yilning 9-21 iyun kunlari Toshkent va Bishkek shaharlarida bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
214