Alaba EChLdagi bosim haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi David Alaba EChL chorak finalida “Chelsi”ga qarshi o'yindan umidlari bilan o'rtoqlashdi. Jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin ertaga "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.
“Chempionlar ligasida biz bosimni his qilyapmizmi? U har doim bor, lekin bizga bu tuyg'u yoqadi. "Real Madrid" dunyoning eng katta klubi. Ertangi o'yin oldidan o'zimizga juda ishonamiz va g'alaba qozonishni istaymiz", - dedi Alaba o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
"Real Madrid" va "Chelsi" ketma-ket uchinchi mavsumda Chempionlar ligasida o'zaro to'qnash kelishadi. Ayni damda Angliya jamoasi o'z chempionatida o'n birinchi o'rinni egallab turibdi, "qaymoqranglilar" esa La Ligada ikkinchi pog'onani band qilishmoqda.

Bosh sahifaga
217