2026 yilgi qishki Olimpiadaga mezbon aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1575
Xalqaro «Olimpiya kuni» katta shodiyona bilan nishonlangach, Lozannada XOQning 134-sessiyasi ish boshladi. Unda kun tartiba qo'yilgan eng asosiy masala 7 yildan so'ng bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlariga mezbon shahar nomini aniqlash bo'ldi.
2026 yili o'tkaziladigan Olimpiadaga nomzod shaharlar orasida Italiyaning Milan va Kortina d’Ampetstso (birgalikda) hamda Shvetsiyaning Stokgolm shaharlari so'nggi bosqichigacha etib kelishdi. Yakuniy ovoz berish natijalariga ko'ra, XXV qishki Olimpiya o'yinlariga Milan va Kortina d’Ampetstso shaharlari mezbon, deb topildi. Ushbu musobaqa 2026 yilning 6-22 fevral kunlari o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Kortina d’Ampetstso shahrining o'zi 1956 yili VII qishki Olimpiadaga mezbon bo'lgan. Italiyaning boshqa bir shahri Turin 2006 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarini qabul qilgan edi. Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi qishki Olimpiada Xitoyning Pekin shahrida o'tkaziladi.