Kroos va Modrich yana bir yil "Real"da qoladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61

"Real Madrid" faxriylari Luka Modrich va Toni Kroos jamoada yana bir mavsum qoladi.
Jurnalist Migel Anxel Toribio xabariga ko'ra, ikkala futbolchi ham "Qirollik klubi" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Modrich va Kroos o'rtasidagi amaldagi kelishuvlar joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. "Real Madrid" rahbariyati joriy mavsumdagi natijalarga qo'shgan hissasini inobatga olgan holda ikkala futbolchini ham yana bir mavsumga qoldirish maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.
37 yoshli Modrich Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 33 yoshli Kroos esa chempionatda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226