"PSJ" himoyachisi uchun mavsum yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

"PSJ" himoyachisi Nordi Mukiela bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
Jurnalist Adrien Grenening so'zlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, Mukiele bugun operatsiya qilinadi, shundan so'ng frantsiyalik futbolchiga reabilitatsiya va tiklanish uchun bir necha hafta kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Nordi "PSJ" safida debyut mavsumini o'tkazmoqda. Himoyachi o'tgan yozda "Leyptsig"dan Kristof Galtte jamoasiga o'tgan edi. Joriy mavsumda Mukiele Frantsiya chempionatida 19 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220