Asensio "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio "Qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik yarim himoyachi yangi shartnomaga rozi bo'lgan.
Asensioning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Rahbariyat futbolchiga yangi shartnoma taklif qildi, biroq Marko ko'proq maosh va o'yin vaqti kafolatini talab qilib, uzoq vaqtdan buyon rad etdi. Biroq manbaning yozishicha, Asensio fikridan qaytgan va endi “Santyago Bernabeu”da qolishga tayyor.
Joriy mavsumda Asensio Ispaniya chempionatida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228