"Vest Xem" bir jamoadan ikki futbolchi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

"Vest Xem Yunayted" yozda Niderlandiya chempionatidan ikkita futbolchi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Feyenoord" futbolchilari Orkun Kokchu va Santiago Ximenes "bolg'achilar" radarida turibdi.
London klubi bu o'yinchilarni kuzatish uchun Niderlandiyaga skautlarni yuborgan. Ular "Ayaks"ga qarshi bahsda stadionga bo'lgan. Ximenes bu mavsumda 23 ta gol urgan. Turkiyalik yarim himoyachi Kokchu esa 12 ta golda ishtirok etgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251