"Real"ni "Santyago"da qiynab qo'ygan futbolchiga Peres qiziqib qolgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Madridning “Real” klubi “Vilyarreal” futbolchisi Samuel Chukvuezega ko'z tikdi.
23 yoshli vinger yaqinda La Liga doirasida "qaymoqranglilar"ga qarshi "Santyago Bernabeu"da "sariq suvosti kemasi"ning g'alabasi (3:2) bilan yakunlangan o'yinda dubl qayd etdi. Marca xabariga ko'ra, o'sha kuni Florentino Peres "Vilyarreal" prezidenti bilan futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilgan. Nigeriyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Samuel Chukvueze joriy mavsumda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228