Xavi: "Odamlar Messining ehtimoliy qaytishidan juda hayajonlanayotganini ko'ryapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messini jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Odamlar Messining ehtimoliy qaytishidan juda hayajonlanayotganini ko'ryapman. Ketma-ket ikkinchi o'yinda uning nomini aytib, baqirishyapti. Ammo, hozir bor e'tiborimizni mavsumning qolgan qismiga va La Liga chempionligini qo'lga kiritishga qaratganmiz. Keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz", dedi Xavi "Jirona"ga qarshi bahsdan so'ng.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi "PSJ"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin - uning shartnomasi iyun oyida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228