Leroy Sane yana Myunxenda qolishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Bavariya" vingeri Leroy Sane klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi. Kicker xabariga ko'ra, Sane shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarga tayyor. Kuzda muhokamalar bo'lib o'tishi kutilmoqda. Ayni damda futbolchi bor etiborini jamoaning bo'lajak o'yinlariga qaratgan - u Tomas Tuxelga o'zining munosibligini isbotlash va muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushish niyatida.
Leroy Sane 2020 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda vinger “Bavariya” safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229