«Barselona» o'z rekordini yangilash sari dadil odimlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

«Barselona»da klubning rekordini takrorlash uchun chempionatda uchta «quruq» o'yin qolgan.
Bugun Xavi shogirdlari 28-turda «Jirona»dan gol o'tkazib yubormadi - 0:0.
Umuman olganda, La Liganing joriy qur'asida «Barsa» 21 ta uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazmagan. Har safar darvozani Mark-Andre ter Shtegen himoya qildi.
«Barselona»ning bu borada Ispaniya chempionatidagi rekordi - 1986/87 yilgi mavsumda 24 ta o'yingacha etgan.
Kataloniyaliklar shuningdek, 23 ta o'yinni golsiz o'tkazishga muvaffaq bo'lishgan - 2014/15 yilgi mavsumda darvozabon Klaudio Bravo bilan birgalikda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258