«Salernitana» Ochoa bilan shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

«Salernitana» darvozaboni Gilermo Ochoa keyingi mavsumda ham klubda qolishi mumkin.
37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi. Meksikalik futbolchi Italiyadagi hayotdan va jamoadagi o'rnidan qoniqish hosil qilishini bir necha bor tan olgan.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, «Salernitana» rahbariyati allaqachon darvozabon bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni rejalashtirgan.
Ochoa shu yilning yanvar oyidan beri «dengiz otlari» sharafini himoya qilmoqda. A Seriya doirasida u 12 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol o'tkazib yubordi va ikki marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
«Salernitana» Italiya chempionatida 29-turdan keyin 29 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277