Tuxel: «Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Siti»ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Myunxenliklar seshanba kuni «shaharliklar» bilan mehmonda uchrashuv o'tkazadi. Javob o'yini 19 aprel kuni bo'lib o'tadi.
«Bizning oldimizda ulkan vazifa turibdi va biz ushbu bahsni intiqlik bilan kutmoqdamiz. «Manchester Siti» futboli nisbatan aniq - Pep jamoasi olti-etti yildan beri shunday o'ynamoqda.
Ular juda hujumkor uslubga ega. Biz Evropa futbolida bo'lishi mumkin bo'lgan eng yuqori saviyada o'ynashimiz kerak, ammo biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik», - dedi «Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi o'yinoldi matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258