«Inter» himoyachisi kelajagi borasidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

«Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.
23 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi va «Inter» shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.
«Bu masalada hech qanday muammo yo'q. Biz klub bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, agentim hammasini hal qiladi.
Muhokamalar davom etmoqda, ammo hozir bu meni tashvishga solayotgani yo'q - bor e'tiborimni futbolga qaratganman», dedi italiyalik markaziy himoyachi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Benfika»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda Alessandro Bastoni «Inter» safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262