Nevill Firminoning iste'dodini yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoning iste'dodini yuqori baholadi.
31 yoshli braziliyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanadi va u "mersisaydliklar" bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Hujumchi faoliyatini qaerda davom ettirishi hozircha aniq emas.
Nevill Firminoning kelajagi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi: "Kimdir juda yuqori sifatli o'yinchi oladi. Agar u Angliyada qolishni istasa, APLning kuchli oltiligidagi boshqa klubda o'ynashi mumkin edi. Menimcha, Roberto ajoyib futbolchi”, - dedi Nevill Sky Sports telekanalida.
Roberto Firmino joriy mavsumda 32 o'yinda 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
280