«Manchester Yunayted» futbolchisi hali o'z so'zini aytgani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

«Sanderlend» yarim himoyachisi Amad Diallo kelasi mavsumda ijaradan qaytganidan so'ng, «Manchester Yunayted»da o'zini ko'rsatmoqchi.
«Men hali «Manchester Yunayted»da o'zimni ko'rsatganim yo'q. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ijaradan qaytganimda o'z iqtidorimni ko'rsata olaman.
Mening orzuim «Manchester Yunayted»da o'ynash va u erda muntazam mashg'ulot o'tkazish», - deya Dialloning so'zlarini keltirmoqda Four Four Two.
Amad joriy mavsumda «Sanderlend»da ijara asosida o'ynamoqda. Kot-d'Ivuarlik chempionshipning joriy mavsumida o'n bitta gol va ikkita golli uzatmani qayd etdi.
Oxirgi mavsumda Diallo Evropa ligasida kumush medallarni qo'lga kiritgan «Reynjers»da yarim yilni ijarada o'tkazishga ham muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
223