Neymar «Barselona»dan uzr so'rashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 497
Neymar 2017 yilda "Barselona"ni tark etgani uchun omma oldida uzr so'rashga tayyor. Bu haqda Kataloniyaning Diario Sport nashri xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi faqatgina moliyaviy manfaatlar tufayli Parijga ko'chib o'tganini ilk marta tan olishi mumkin. U "PSJ"ga o'tganidan keyin yillik maoshi 14 million evroga ko'paygandi.
Bugungi kunga kelib futbolchi xatoga yo'l qo'yganini tushunib etdi. Hozirda uning faoliyatida pasayish yuz bermoqda. U o'tgan mavsumda «Oltin to'p» uchun da'vogarlarning top o'ntaligiga kirmadi. Bu yil ham sovrin uchun uning imkoniyati juda past baholanmoqda.
Neymar so'nggi marta 2015 yilda "Barselona" safida Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Neymar "PSJ" safiga o'tib, xatoga yo'l qo'yganini tan olsa, parijliklar uchun qo'yib yuborishlari mumkin. Ammo jamoa uni 300 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Ammo 27 yoshli o'yinchi "PSJ"ni tark etishga qat'iy qaror qilsa, klub uni sotishdan boshqa yo'li qolmaydi.
Bugungi kunda Neymar "Pari Sen-Jermen"ning birinchi raqamli yulduzi emas. U 20 yoshli Kilian Mbappening "soya"sida qola boshladi.