Bu himoyachi "Manchester Yunayted"ga o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong "Manchester Yunayted"ga o'tishga tayyor. Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchiga “qizil iblislar” qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralar hali ilg'or bosqichda emas.
"Manchester Yunayted" Diogu Dalot bilan raqobatni oshirish uchun yangi o'ng qanot himoyachisi sotib olmoqchi.
Frimpong avvalroq "Chelsi"ning radarida edi, biroq Frantsiyaning "Lion" klubidan Malo Gyustoning transferidan so'ng "ko'klar" boshqa o'ng qanot himoyachilariga bo'lagn qiziqishni yo'qotdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233