«Inter» intizomga rioya qilmaydigan futbolchini sotib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25083
Milanning “Inter” klubi jamoa yarim himoyachisi Raja Nainggolanni sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining ko'p jarohat olishi va tartib intizomga bo'ysunmasligi “neradzurrilar” rahbariyatining joniga teggan.
Agar qishki transferda futbolchiga takliflar kelib tushsa, jamoa uni ko'rib chiqishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, “Inter” o'tgan yozda Nainggolanni “Roma”dan 38 million evroga sotib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!