Filipe Luiz: «Kopa Amerikadan so'ng kelajagim borasida o'ylab ko'raman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Braziliya terma jamoasi va "Atletiko Madrid" himoyachisi Filipe Luis o'z kelajagi borasida qaror qabul qilishini aytib o'tdi.
"Men Braziliya terma jamoasining murabbiyiga, kelajagim haqida Amerika Kubogi tugaguniga qadar gapirmaslikka va'da berdim. Bu adolatli, deb o'ylayman, chunki men ushbu musobaqaga alohida e'tibor qaratishim kerak. Men Amerika Kubogi oxirida "Atletiko" rahbariyati bilan uchrashib, o'z kelajagim haqida qaror qabul qilaman", dedi Luis.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida kataloniyaning "Barselona" klubining 33 yoshli futbolchiga qiziqishi aytib o'tilgan . "Lion" ham Luisni o'z safida ko'rishni istaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154