«Barselona» yozda ham Neymar, ham Grizmanni sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 925

«Barselona» mazkur yozgi transfer paytida birdaniga ikkita ulkan xaridni amalga oshirmoqchi. Kataloniyaliklar «Atletiko» forvardi Antuana Grizmann va «PSJ» hujumchisi Neymarni qo'lga kiritishmoqchi.
Bu borada jamoaning asosiy muammosi moliya bilan bog'liq. Grizmanning transferi "ko'k-anorranglilar" uchun 120 million evroga tushsa, jamoa Neymar uchun 100 million evro va Koutinoni qo'shib berishi mumkin.
Bu futbolchilar bilan shartnoma imzolansa, «Barselona» bir qator futbolchilarni sotishlariga to'g'ri keladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Neymar va Grizmann yillik maoshlarining hozirgi klubdagiga nisbatan kamayishiga rozilik berishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190