Aziz To'xtaboev: «Bizga bitta g'alaba etishmayapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452
Coca Cola Supeligasi 12-tur doirasidagi «So'g'diyona» - «Qo'qon-1912» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.
- Bugungi uchrashuv durangga mos bo'ldi. Har ikki jamoada ham ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Bugungi durangni yutuqqa teng deyishimiz mumkin. Hozir har bir ochko oltinga teng. Bizga hozir bitta g'alaba etishmayapti. G'alaba qozonganimizdan keyin hammasi o'zgarib ketishiga ishonaman. Davralar oralig'ida tarkibimizda o'zgarishlar bo'ladi. Barcha futbolchilarimizning shartnomalari bor. Hozirgi vaziyatda jamoa manfaatini birinchi o'yinga qo'ygan holda transferlarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Jamoaning etakchi a'zolarisiz oldimizda turgan vazifalarni bajara olmaymiz. Quvondiq Ro'ziev borasida aytadigan bo'lsam, uni faqat xorijiy jamoaga qo'yib yuborishimiz mumkin xolos.
Kezi kelganda, bugungi uchrashuvda bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Ularning daldasi bizga katta yordam bermoqda.