Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida yosh futbolchilar uchun uchrashuv tashkil qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16123

Unda FIFA referisi Ravshan Ermatov, milliy terma jamoamiz sobiq sardori, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov, terma jamoamiz a'zolari Marat Bikmaev va Anzur Ismoilovlar qatnashishdi.
Yosh futbolchilar milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi va futbol yulduzlariga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
So'ngra bolajonlar uchun uchrashuvning yulduzli mehmonlari tomonidan dastxatlar ulashildi va ular bilan birga esdalik uchun suratga tushildi.
Bu kabi uchrashuvlar yosh futbolchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kelgusida mashhur futbolchi bo'lib, terma jamoamiz tarkibida to'p surish orzusiga katta turtki bo'lishi shubhasiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238