Mish-mishlar chinga aylanmoqda! Babayan yana murabbiylikka qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 778

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” klubida murabbiy o'zgarishi kutilmoqda. Worldnews.uz axborot agentligiga ma'lum bo'lishicha, kecha Superliganing 12-turida “Dinamo”ga uchralgan 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng “temiryo'lchilar”ni boshqarib kelayotgan Andrey Fyodorov lavozimidan ozod etilib uning o'rniga Samvel Babayan tayinlanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Samvel Babayan murabbiylikka qaytish niyati hozircha yo'q ekanligi, kelib tushgan takliflarga rad javobini berganini aytib o'tgandi.
Ma'lumot o'rnida, Andrey Fyodorov 2018 yilning aprel oyida Andrey Miklyaev o'rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Samvel Babayan esa yaqinda “Lokomotiv” klubida prezident maslahatchisi bo'lib ish boshlagan edi.

Bosh sahifaga
245