"Barselona" sovrin uchun "Arsenal" bilan o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697
"Barselona" an'anaviy o'rtoqlik turniri bo'lmish Gamper Kubogida qaysi jamoa bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi. Kataloniya klubi "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.
"Biz yakshanba kuni, 4 avgustda Kamp Nouda Gamper Kubogida "Barselona"ga qarshi o'ynaymiz. Bu bizning mavsumoldi tayyorgarligimizda final o'yini bo'ladi", — deb yozadi "Arsenal" klubi rasmiy sayti.
Gamper Kubogi — har yili "Barselona"ning bir qismiga aylangan sobiq futbolchi, klubning sobiq prezidenti Joan Gamper sharafiga o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!