So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eden Azar «Real Madrid» klubi matbuot xizmati uchun intervyu berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 842
Bugun biz uni o'quvchilarimiz uchun tarjima qildik. Eden Azarning «Real Madrid» klubi safida ilk bor bergan intervyusi sizlarga manzur bo'ladi degan umiddamiz.
«Real Madrid»dagi ilk soatlar qanday o'tmoqda?
- To'g'risi, bu mening orzuyim edi. «Santiyago Bernabeo»ga kelishim, muxlislar qarshisida yangi jamoa libosida maydonga tushishim, buyuk klubning futbolchisiga aylanishim… Bir paytlar hammasi men uchun orzu edi…
Sen «Real Madrid» libosini ilk bor kiyib maydonga chiqqan chog'ingda ichingdan qanday hislar o'tganini tasvirlab bera olasanmi? Sezgan bo'lsang, butun stadion sening nomingni aytib olqishlab turishdi!
- Bu oq futbolka men uchun ko'p narsani anglatadi. «Madrid» men uchun dunyodagi eng kuchli klub. O'zim sevgan jamoam libosida maydonga chiqish va muxlisarning qo'llab-quvvatlab turishlarini his qilishni tasvirlab bera olmasam kerak. Men bu jamoa safida tezroq maydonga tushgim kelmoqda.
Tanishtiruv marosimi senda qanday ta'surot qoldirdi?
- Bilasanmi, men yoshligimda ko'rgan futbol afsonalari mening tanishtiruv marosimimda qatnashganini o'zi men uchun katta bir yutuqqa teng! Balki, o'sha insonlarning kelgani sabab, biroz hayajonlandim. Keyin o'zimni bosdim va hammasi joyida ekanligini his etdim. O'ylashimcha, o'sha kuni o'zimni yaxshi tutdim. (Kuladi)
Qachondan beri «Real Madrid» safida to'p surishni istayotgan eding?
- Ko'chamiz boshida futbol o'ynashni boshlagan chog'imdan beri! O'sha davrlarda men 4 yoki 5 yoshlarda edim, so'ngra karieram davomida ko'plab klublarda to'p surdim va oxiri o'zim orzu qilgan klubda to'p surish imkoniga ega chiqdim.
«Real» bilan Qanday kubokni yutishni istaysan?
- Bu «qirollik klub»i! Bu erda iloji boricha ko'proq sovrin yutish va tinimsiz g'alaba qozonish shart! Bu jamoa deyarli har mavsumda bir nechta kuboklarni qo'lga kiritishidan xabarim bor. Shunday ekan, men bu mavsumda qanday bo'lsada, sovrin yutishdan umidvorman. Agarda biz maydonda bor kuchimiz bilan harakat qiladigan bo'lsak, istagan sovrinimizga ega chiqa olamiz deb o'ylayman.
«Real Madrid» deganda hayolingga nima keladi?
- (Kuladi) Zidanning EChL finalida «Baer» klubi darvozasiga urgan fantastik goli!
Futbol o'ynagan chog'ingda nimadan rohatlanasan?
- Men maydonga tushganimdan, muxlislarni ko'rib turganimdan zavqlanaman.
Sening ortingda EChL musobaqasining 13 ta kubogi turibdi. Bu sovrinlarga yaqin o'tirish qanday ekan?
- To'g'risini aytsam, men bu kubokni ushlab ham ko'rmaganman. «Chelsi»da o'ynab yurgan chog'larimda musobaqaning yarim finaligacha bora olganmiz xolos. Hozir ularni o'z ko'zlarim bilan ko'rish imkoni mavjud. Men hech qachon bu sovrinni yutmaganman. O'ylashimcha, mening davrim keldi va men bu sovrinni yutishim shart.
Sen uchun Zidan nimani anglatadi?
- Men futbolni aynan Zidandan zavqlanganim uchungina tanlaganman. Bilasanmi, Belgiyada istiqomat qilgan bo'lsamda, Frantsiya terma jamoasiga muxlislik qilar edim. Aynan Zidan shu terma jamoa safida to'p surgani uchungina Frantsiyaning g'alabalariga quvonar edim.
Sening terma jamoadagi do'sting Kurtua «Real Madrid» haqida nimalarni aytib berdi?
- U menga ko'proq ijobiy jihatlar haqida so'zlab berdi. Men omadli insonman. Sababi, biz Kurtua bilan yaqin do'stmiz. Bu juda yoqimli holat. Undan so'ngi haftalar davomida jamoa haqida ancha-muncha ma'lumotlarni bilib oldim.
Sening intervyuningni millionlab «Real Madrid» klubi muxlislari mutoala qilishlaridan xabaring bor. Vaziyatdan foydalangan holda, ularga aytadigan so'zlaring bo'lsa, marhamat
- Hammaga salom! Meni qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat! Sizlarni «Bernabeo»da ko'rishni istayman. «Hala Madrid»!