Immobile safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
«Latsio» muxlislari uchun xushxabar - Chiro Immobile safga qaytdi, u yaqinda kichik jarohat olgan edi, shu sababli Maurisio Sarri klubning eng yaxshi hujumchisini maydonga tushirmadi.
Biroq, busiz ham «Latsio» «Napoli» va «Roma»ni mag'lub etib, ajoyib o'yin o'tkazdi. Seshanba kuni Chiro jamoaning Formellodagi bazasida o'tkazilgan sparring-uchrashuvda maydonga tushdi va bir nechta gollarni urdi.
Keyingi turda «Latsio» safarda Italiya A Seriyasi debyutanti – «Montsa» bilan o'ynaydi. Bu aprel oyining ikkinchi kuni, keyingi yakshanbada sodir bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!