Xabi Alonso Anchelottiga ishonch bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
«Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Real» va Karlo Anchelottining istiqbollari haqida gapirdi.
Agar klub Anchelotti bilan xayrlashsa, ispaniyalik mutaxassis «qaymoqranglilar»ning yangi murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri sanaladi.
«Karlo - maxsus klublarda ishlaydigan o'ziga xos odam. Uning oldiga mas'uliyatli maqsad qo'yilgan - Chempionlar ligasida yana g'alaba qozonish.
Umid qilamanki, «Real Madrid» buni amalga oshiradi», - dedi «Bayer» ustozi.
Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasining chorak finalida «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar mos ravishda 12 va 18 aprel kunlari Madrid va Londonda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!