So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MOQ ishlab chiqqan Tokio-2020 “yo'l xaritasi” dasturining namoyishi o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolarining Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan “yo'l xaritasi” dasturining namoyishi o'tkazildi. Uni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ochib berib, Olimpiadaga olib borilayotgan tayyorgarlik borasida o'z fikrlarini bildirdi. So'z boshida R.Shoabdurahmonov MOQga yangi saylangan vitse-prezidentlar S.Polatov va A.Kamilovni barchaga tanishtirib o'tdi.
“Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik juda ham qizg'in kechmoqda. Biz ishlab chiqqan reja har tomonlama qamrab olingan. To'g'ri vaqtimiz juda ziq, shu boisdan bor e'tiborimiz hozirda Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlikka qaratilgan. Qolaversa, federatsiyalarga yangi, zamonaviy sport bazalarini qurish bo'yicha ham dastlabki qadamni tashlayapmiz. Bir necha kun ichida Toshkent viloyatidagi Xojikent maskanida og'ir atletikachilar uchun yangi baza qurilishi boshlanadi. Yil davomida velosport va o'q otish sporti federatsiyalari uchun ham zamonaviy sharoitlarga ega bo'lgan bazalarga tamal toshlari qo'yiladi. Albatta, bu borada bizga e'tibor qaratayotgan hukumatimizga alohida rahmat aytib qolaman. Bularning barchasi sportchilarimizni Olimpiadaga tayyorlashdan tashqari, avvalo, jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qilish, yoshlar o'rtasida olimpizm g'oyalarini ilgari surish maqsadida qilinyapti”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Shuningdek, yig'ilish davomida Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, federatsiya vakillari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amali markazi rahbarlari, tayyorgarlik bo'yicha olib borilayotgan ishlar, oldinda turgan vazifalar yuzasidan atrofilicha ma'lumot berishdi.
“Yo'l xaritasi” doirasida sport turlari bo'yicha Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashayotgan atletlarimiz, ularning saralash va Tokio-2020dagi asosiy raqiblari individual tarzda o'rganilayotgani, sport turlariga qarab terma jamoa vakillarining ovqatlanish ratsioni, vitaminlar bilan ta'minlash va farmokologik vositalar berilishi kerakligi tushuntirib o'tildi.