«Mash'al» 10 yanvar kuni o'z qarorgohida yig'in boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26273

Pley-off bahslarida ishtirok etgani sabab boshqa jamoalarga qaraganda biroz kechroq futbolchilarini damga chiqargan Muborakning “Mash'al” klubi dekabr oyida yig'in o'tkazmaydi.
Muborakliklar yangi mavsum tayyorgarligini yanvar oyidan boshlashadi. “Gazchilar” jamoasi 10 yanvar kuni o'z qarorgohida yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Asosan jismoniy tiklanish ustida ish olib boriladigan mazkur yig'in 3 hafta davom etadi.
So'ngra fevral oyida jamoa yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan o'rtoqlik maqomidagi musobaqalardan birida qatnashishni rejalashtirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262