Rasman! Robert Moreno Ispaniya bosh murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1121

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike lavozimini tark etdi.
49 yoshli mutaxassis oilaviy sharoiti tufayli terma jamoaning uchta o'yinini o'tkazib yubordi uning o'rnini yordamchi Robert Moreno boshqardi.
Bugun Moreno rasman Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlandi.
Uning qo'l ostida Ispaniya Evro-2020 saralash bosqichida Malta (2:0), Farer orollarini (4:1) va Shvetsiyani (3:0) mag'lubiyatga uchratdi.
41 yoshli mutaxassis Moreno avvalroq Enrikening yordamchisi sifatida “Roma”, “Selta” va “Barselona”da ishladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197