Amerika Kubogi-2019. Braziliya Venesuela bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1058

Amerika Kubogi musobaqasining 2-turidan o'rin olgan Braziliya va Venesuela terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z yakuniga etdi. Bu o'yinda durang natija qayd etildi.
Braziliya mazkur bahsda ikkita gol urishga erishgandi, ammo videotakrorlar natijasida gollar bekor qilindi.
Amerika Kubogi, 2-tur
Braziliya – Venesuela 0:0 (0:0, 0:0)
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Dani Alves, Markinos, Filipe Luis, Kazemiro (Fernandino, 57), Artur, Risharlison (Gabriel Jezus, 46), Koutino, Neres (Everton, 72), Firmino.
Venesuela – Farines, Vilyanueva, Ernandes, Rosales, Osorio, Moreno, Murilo, Errera (Soteldo, 66), Rinkon, Machis (Figera, 76), Rondon (Martines, 85).
Ogohlantirishlar: Murilo (37), Kazemiro (41), Figera (90).

Bosh sahifaga
160