Vitaliy Denisov «Rubin»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 980

O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov yozgi transfer paytida «Rubin» klubiga o'tadi. Bu haqda Rossiyaning «BIZNES Online» nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli futbolchi shu kunlarda Qozon shahri jamoasi safida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Hamyurtimizning "Lokomotiv" bilan shartnomasi iyun oyi so'ngida yakuniga etadi va u erkin agent sifatida yangi jamoa safiga qo'shiladi.
Yakunlangan mavsumda Denisov «Krilya Sovetov» safida ijara asosida o'ynadi. Vatandoshimiz Rossiya premer-ligasi doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga uzatma berdi.
«Rubin» 2018/19 mavsumda Premer-ligada 11-o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240