O'FA rahbariyati Qirg'iziston futbol federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 583

Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida Ravshan Ermatov Qirg'iziston futbol federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv boshida Qirg'iziston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Kanatbek Mamatov va Qirg'iziston Premer ligasi prezidenti Nurbek Atakanov Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan tabriklab, unga o'zbek futboli rivoji yo'lidagi ishlarida omad tiladi.
Shundan so'ng tomonlar o'zaro do'stona aloqalarni mustahkamlash, turli yoshdagi terma jamoalar va klublar o'rtasida xalqaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish, ayollar futboli va futzal yo'nalishlarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Jumladan, Qirg'iziston futbol federatsiyasi ayollar jamoalari o'rtasida o'tkazib kelinayotgan “Umid kubogi” musobaqasida O'zbekiston jamoalari muntazam ravishda qatnashib kelayotganini ta'kidlab, bu an'ana bu yil ham saqlanib qolishiga umid bildirib o'tdi.
Shuningdek, kun tartibidan o'rin olgan masalalar qatorida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi doirasidagi hamkorlik, turli yo'nalishlar bo'yicha tajriba almashish masalalari ham ko'rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Qirg'iziston futbolidagi yaqin aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha kelishib olindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241