Toshkentda «B» diplomi bo'yicha murabbiylik o'quv kurslarining ikkinchi moduli bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 516

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, shu kunlarda poytaxtimizdagi "Chig'atoy" sport bazasida "B" diplomi uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslari ikkinchi moduli bo'lib o'tmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashyapti. Ular orasida Timur Yafarov, Marsel Idiatullin kabi taniqli mutaxassislar bor.
Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Davron Qudratullaev yordam beryapti. Mazkur o'quv kurslari nazariy va amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lib, 21 iyun kuni yakuniga etadi.
O'quv kursi 4ta moduldan iborat bo'lib, modullar orasida bir oy tanaffus qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239