Og'ir atletikachilarimiz ikki oylik yig'inga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 997

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari bugun erta tongda uzoq muddatli o'quv-mashg'ulot yig'iniga yo'l olishdi.
Bahrom Mendiboev murabbiyligidagi hamyurtlarimiz avvaliga Qozog'istonning Tekeli shahrida 6 iyulgacha, keyin 7-27 iyul kunlari Ukrainaning Kamenets-Podolskiy shahrida va 28 iyuldan 18 avgustga qadar yana Qozog'istondagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishadi. Tarkibga 12 nafar sportchi, shuningdek, 3 murabbiy (Bahrom Mendiboev, Erjas Boltaev va Mahmud Tog'aev) va 1 massajchi jalb qilingan. Yig'inda ishtirok etadigan sportchilarimiz tarkibi quyidagicha:
Adhamjon Ergashev
Akbar Jo'raev
Sunnatilla O'sarov
Muhammadqodir Toshtemirov
Aleksandr Li
Zaynobiddin Muhammadaminov
Savrvarbek Zafarjonov
Kumushxon Fayzullaeva
Nigora Abdullaeva
Muattar Nabieva
Dolera Davronova
Nigora Suvonova

Bosh sahifaga
220