«Barselona» portugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1144
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar vaqtida Dortmundning “Borussiya” jamoasi himoyachisi Rafael Gerreyruni sotib olmoqchi.
Sport.es’ning ma'lumotiga qaraganda, “ko'k-anorranglilar” 25 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan va ayni damda muzokaraning dastlabki qismini boshlashgan.
Xabarlarga ko'ra, ushbu transfer amalga oshish ehtimoli yuqori chunki, portugaliyalik futbolchi “asal arilar” bilan shartnomani uzaytirishni istamagan. Uning shartnomasi 2020 yil tugaydi shuning “Borussiya” uni 25 mln evro evaziga sotib yuborishi ham mumkin.
23 o'yin, ikkita gol, oltita golga assisentlik – Gerreyru joriy mavsum aynan shunday natija qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!