Rasman! Slaven Bilich «Vest Bromvich» bosh murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 609
Xorvatiyalik mutaxassis Slaven Bilich «Vest Bromvich» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, klub 50 yoshli Bilich bilan shartnoma 2 yil muddatga tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, Bilichning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bo'lgandi.
Shuningdek, Slaven Bilich faoliyati mobaynida "Vest Hem", "Beshiktosh", "Lokomotiv Moskva" kabi klublarni boshqargan, Xorvatiya yoshlar va milliy jamoalarida bosh murabbiy bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!